Alisher Navoiy davlat va jamoat arbobi.

Alisher Navoiy 1487-1488- yillarda Astrobodga hokim bo`ldi. Huayn Boyqaro Alisherni o`ziga yaqin tutar, har bir narsada u bilan maslahatlashar va va buni nihoyatda qadrlar edi. Navoiy xizmatga ixlos va mehr bilan kirishdi. Abusaid Mirzoning o`g`li Yodgor Muhammad taxt uchun da’vo bilan chiqdi. Ular o`rtasidagi jangda Boyqaro g`alaba qozondi. So`ng 1470- yilda yurt bir muddat Yodgor qo`liga o`tdi. O`sha yilning o`zida Husayn Boyqaro Alisherning maslahatiga kirib, Yodgor Mirzoni Bog`i Zog`onda uxlab yotganida qo`lga oladi. Shundan so`ng yurtda osoyishtalik hukm suradi. U o`zining donishmandligi,

tadbirkorligi bilan ko`plab g`alayonlarni oldini oldi, urushlarni yarashga aylantirdi. Uning bu fazilatlari, ayniqsa, vazirlik faoliyatida as qotdi. Alisher Navoiy o`ziningo`zbekcha she’rlariga <Navoiy> va fors-tojik she’rlariga <Foniy> deb nomlaydi. Bizga ma’lumki, Alisher Navoiyni < G`azal mulkining sultoni>

deb atashadi. O`sha davrda ko`pgina shoir va olimlar o`zbek tilini ijod uchun noqulay va qo`pol til deb, fors tilida ijod qilishardi. Turkiy tilga mensimay qarash, uni fors tilidan past ko`rish odatga aylangan edi. Buni o`zgartirish uchun turkiy tilni davlat tili darajasiga ko`tarish lozim edi. Milliy g`urur tuyg`usi kuchli bo`lgan Husayn Boyqaro hukmdorli mavqeyidan kelib chiqib, davlat ishlarini turkiy tilda olib boorish haqida farmon chiqardi.

Chunki ona tili mavqeini ko`tarish davlatchilik asoslarini mustahkamlash omillaridan biri hisoblanadi. Lekin birgina farmon bilan ish bitmasligi ayon edi. Amalda turkiy til imkoniyatlarini ko`rsatish, isbotlash talab qilinardi. Hal qilib bo`lmaydigan ishning o`zi yo`q deganlaridey, bu ish ham isbotlandi. Isbotlanganda ham, juda zo`r isbotlandi. Ganjaviyning 28 yilda, Dehlaviyning 2 yilda yozgan <Xamsa> asarini Alisher Navoiy turkiy tilda 2 yil ichida yozdi.